O‘zbekistonliklar narx ko‘tarilishini kutmoqda

So‘rovda qatnashganlarning aksariyati tovar va xizmatlar narxlari ko‘tarilishiga tayyorlanmoqda. Milliy valyuta zaiflashgani va budjet sektorida oylik maoshlarining navbatdagi indeksatsiyasi asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan.
Sputnik

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. Markaziy bankning aholi va korxonalar o‘rtasida 2019-yil 3-kvartali bo‘yicha o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar narxlarda qanday o‘zgarishlarni kutayotgani aniqlandi.

O‘zbekistonliklar narx ko‘tarilishini kutmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, aholining ko‘pchiligi tovar va xizmatlar narxlarining ko‘tarilishiga tayyorlanmoqda. Milliy valyuta zaiflashgani va budjet sektorida oylik maoshlarining navbatdagi indeksatsiyasi asosiy omillar sifatida ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonda shakar qimmatlasha boshladi

Milliy valyutaga ishonch iyulga qadar mustahkamlanib kelgan bo‘lsa, avgustda o‘zbek so‘mi qulaganidan so‘ng, kutilgan valyutalar kursi bir necha ming so‘mga oshdi. Yil so‘ngiga kelib, dollar oshishi yuzasidan aholining qilgan taxminlari 9 837 so‘mga, ishbilarmonlarning esa 9 895 so‘mgacha yetganini kuzatish mumkin.

So‘rovda O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 900 nafar jismoniy va 375 nafar yuridik shaxs ishtirok etgan. Respondentlar Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan savollarga 2019-yilning 3-kvartali davomida javob berib kelgan.