Milliy valyutada saqlanayotgan depozitlar miqdori oshib bormoqda – Markaziy bank

Milliy valyutaning avgust oyida sodir bo‘lgan devalvatsiyasiga qaramasdan, banklarda so‘mda saqlanayotgan depozitlar miqdori ko‘paymoqda.
Sputnik

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Milliy valyuta devalvatsiyasi kuchayishi va o‘z omonatlarini xorijiy valyutada saqlashni afzal ko‘radigan fuqarolar soni ko‘payishiga qaramasdan, milliy valyutadagi depozitlarning ijobiy dinamikasi saqlab qolingan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Markaziy banki.

So‘m yana antirekord o‘rnatdi – O‘zbekiston valyuta kurslari

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2019-yil yanvar-iyul oylarida AQSh dollarining almashinuv kursi 4 %ga oshgan bo‘lsa (1 dollarga 8 336 so‘mdan 8 667 so‘mgacha), avgust oyida valyuta kursining keskin o‘sishi (8,2%) kuzatilgan. Sentabrda esa dollar kursi o‘zining avvalgi tendensiyasiga qaytib, oylik o‘sish sur’ati 0,5 %gacha pasaygan.

May - Avgust oylaridaAQSh dollarida saqlanayotgan  jamg‘armalar ulushi 19%dan 33 %gacha oshgan.  Sentabrda esa xorijiy valyutada saqlanayotgan omonatlar miqdori qaytib 29 %gacha kamaygan.

Xulosa qilib aytganda, qisqa muddatli inflyatsion kutilmalarning o‘sishi, milliy valyutadagi depozitlarning keskin kamayishiga yoki tarkibiy o‘zgarishiga olib kelmagan. O‘sish sur’ati pasaygan bo‘lsada, depozitlarning ijobiy dinamikasi saqlab qolingan. Buni quyidagi grafikda ham ko‘rish mumkin. 

Milliy valyutada saqlanayotgan depozitlar miqdori oshib bormoqda – Markaziy bank