Rossiyada eng zerikarli kasblar ma’lum qilindi

Rossiyaliklar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijasida mehnat bozoridagi eng zerikarli kasblar ro‘yxati tuzildi.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Rossiyada qorovul eng zerikarli kasb deb topildi. Ish bilan ta’minlashga ixtisoslashgan Superjob xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda 30 foiz kishi bunday fikr bildirishdi.

O‘qituvchilarga maosh to‘lash tartibiga oid qaror loyihasi tayyorlandi

Reytingning ikkinchi o‘rnida hisobchi, bu kasb 10 foiz ovoz to‘plagan.

So‘rovda qatnashganlarining sakkiz foizi har qanday kasb, agar kasb qiziqarli bo‘lmasa va yoqmasa, zerikarli bo‘lib ketishi mumkin, deb javob berdi.

Yana besh foiz respondentlar sotuvchining ishi zerikarli deb hisoblashdi. Qo‘riqchilar va farroshlar ham reytingga kiritildi va to‘rt foiz ovoz berildi.

Kutubxonachi, haydovchi, yuk ortuvchi, deputat, konsyerj, menedjer, dasturchi, call-markaz operatori va arxivarius ham eng zerikarli kasblar reytingga kiritildi.