O‘zbekiston va YeOII

Glazyev: YeOII O‘zbekistondan konkret tashabbuslarni kutib qoladi

Avval ma’lum qilinganidek, respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi masalasi O‘zbekiston prezidenti tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining integratsiya va makroiqtisodiyot bo‘yicha vaziri Sergey Glazyev O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi masalasiga izoh berdi.

“Hozircha O‘zbekistonning YeOIIga kirishi yuzasidan muhokamalar olib borilgani yo‘q. Bunday bayonot, maqsad borligidan xabarimiz bor. Ammo hech qanday rasmiy hujjatlar taqdim etilganicha yo‘q. Biz O‘zbekistondan bu borada konkret tashabbuslarni kutib qolamiz”, - dedi Glazyev Sputnik muxbiri bilan Moskvada o‘tayotgan Yevroosiyo sanoat kongressi davomida bo‘lgan qisqacha suhbati chog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, RF Federal Kengash spikeri Valentina Matviyenko O‘zbekistonga tashrifi davomida prezident Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga respublikaning qo‘shilishi masalasini ko‘rib chiqayotganligini aytib o‘tgan edi. Rossiya senati raisi respublikaning YeOIIga a’zo bo‘lishi jarayoni to‘xtatilmay, jadal amalga oshirilishiga umid bildirgandi.

Tranzit yo‘lida: MDHdan YeOIIga qarab

Oliy Majlis senat raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bir oz vaqtdan so‘ng, Matviyenkoning bayonoti ortiqcha rezonansga ega emasligi, bu masala so‘nggi uch yilda muhokama qilinayotganligi va lekin qaror qabul qilishda puxta tahlil talab etilishini qayd etgandi. Ayni vaqtda u O‘zbekistonga ham va uning prezidentiga ham hech qanday bosim o‘tkazilmayotganligini, hamda bu jarayonni tezlashtirish to‘g‘risida so‘z bormayotganini ta’kidlab o‘tdi.

So‘nggi yillarda YeOII ulkan rivojlanish istiqbollariga ega qudratli mintaqaviy birlashmaga aylandi, deydi Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti ilmiy xodimi Aleksandr Karavayev. Uning fikricha, integratsiya jarayonidan barcha ishtirokchilar foyda ko‘radi.

Ayni paytda Yevroosiyo tuzulmalariga a’zolikdan tushadigan bonuslarning ham o‘z narxi bor. Xususan, a’zo-mamlakat o‘z suverenitetining bir qismini milliy davlatchilik doirasidan tashqariga vakillikka topshirishiga to‘g‘ri keladi, deb RF Moliya universiteti siyosatshunoslik kafderasi dotsenti Gevorg Mirzayan fikr bildirdi. Uning so‘zlariga qaraganda, jumladan bu masala ham Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga 2020-yil fevraldagi tashrifi davomida muhokama qilinadi.