TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Kurd kuchlari Suriya shimoliyadagi Tell-Abyaddagi qamoqxonadan IShID* jangarilarini ozod etdi. Bu haqda RIA Novostiga Turkiya yuqori lavozimdagi manba ma’lum qildi.
Suhbatdosh ta’kidlashicha, dushanba kuni ertalab Turkiya qo‘shinlari qamoqxonaga hujumni boshlashdi, ammo bundan avval Kurdiston ishchilar partiyasi vakillari mintaqada vahima solish maqsadida terrorchilarni qo‘yib yuborishdi.
“Joyida o‘tkazilgan ekpertiza mahbuslar eshiklarni sindirishmaganligini ko‘rsatdi. Qo‘riqchilar, avval tahdid qilganidek, IShID jangarilarni qo‘yib yuborishganga o‘xshaydi”, - dedi suhbatdosh.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot