TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga "Xagibis" to‘foni yopirilishi oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirdi.
NHK telekanali xabariga ko‘ra, tayfun oqibatida kuchli yog‘ingarchilik sodir bo‘lgan va Kanagava, Totigi, Gumma, Miyagi, Saytama, Fukusima, Ivate, Nagano, Tiba, Sidzuoka va Ibaraki prefekturalarida bir necha darolar qirg‘og‘idan oshib suv toshqinlari sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayni damda 26 kishi ushbu tabiiy ofatda qurbon bo‘lgan, 175 kishi turli jarohatlar olgan, 18 kishi izsiz yo‘qolgan. Talofatlar sonini hisoblash davom etmoqda.