Mirziyoyev borib ko‘rgan Tashkent City qanday ko‘rinishga ega – video

Tashkent City xalqaro biznes markazining ilk obyektlari - Kongress xoll va “Hilton” mehmonxonasi qurib bitkazildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu inshootlarni borib ko‘rdi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri prezidentning ortidan u yerga yo‘l oldi.
Sputnik

Davlat rahbari Tashkent City xalqaro biznes markazida qurib bitkazilgan ilk obyektlar - Kongress xoll va “Hilton” mehmonxonasini borib ko‘rdi.

Kongress xollning umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr bo‘lib, unda yirik xalqaro anjumanlar, oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazish uchun barcha sharoit yaratilgan. Birinchi qavat markazida 3,5 ming ishtirokchiga mo‘ljallangan konferensiyalar zali bor. Zaruratga qarab, u ikki yoki to‘rtga bo‘linishi ham mumkin.

Batafsil Sputnik O‘zbekiston videolavhasida.