Ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi Tokio-2020 Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Xalqaro gimnastika federatsiyasi o‘zbekistonlik ikki nafar sportchiga Tokio Olimpiadasi litsenziyalari taqdim etilganini rasman tasdiqladi.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Xalqaro gimnastika federatsiyasi o‘zbekistonlik ikki nafar sportchiga Tokio Olimpiadasi litsenziyalari taqdim etilganini rasman tasdiqladi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Oksana Chusovitina va Rasuljon Abdurahimov Olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritgan.

Oksana Chusovitina sportni tark etish haqida hatto o‘ylamasligini aytdi

“Shu tariqa o‘z nomini tarix zarvaraqlariga bitgan Oksana faoliyatida sakkizinchi bor Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqda. Reglamentga ko‘ra, hamurtlarimiz kelasi yil Tokio Olimpiadasida o‘zlari istagan yo‘nalishda ishtirok etishlari mumkin”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Tokio Olimpiadasiga litsenziya olgan o‘zbekistonlik sportchilar soni 10 nafarga yetgan.