Qozog‘istonda o‘q-dori portlash oqibatida harbiy xizmatchi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Aris shahri yaqinida yuz bergan portlash oqibatida harbiy qism muhandislik xizmati boshlig‘i mayor Akishev halok bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Aris shahri yaqinidagi poligonda yig‘ib olingan o‘q-dorilarni yo‘q qilish ishlari vaqtida harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

Qozog‘iston prezidenti MDH uchun yagona viza joriy etishni taklif qildi

 “11 oktabrda to‘plangan o‘q dorilarni yo‘q qilish vaqtida maxsus jihozlangan o‘quv poligonida o‘qlar barvaqt portlashi yuz berdi. Natijada guruh rahbari, harbiy qism muhandislik xizmati boshlig‘i, mayor A.S.Akishev olgan jarohatlari tufayli halok bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

Voqea joyida tergov guruhi ishlamoqda. Bu holat yaqin atrofdagi aholi uchun xavf tug‘dirmaydi, vaziyat nazorat ostiga olingan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil iyunida Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yong‘in oqibatida o‘q-dorilar portlashi sodir bo‘lgandi. Natijada 3 kishi halok bo‘ldi va 165 kishi jarohatlandi. Shahardan aholi evakuatsiya qilindi.