Moskva viloyatidagi o‘rmonda o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Ta’kidlanishicha, o‘zbekistonlik ishlab chiqarish korxonalardan birida devor qulashi natijasida vafot etgan. Biroq tashkilot rahbarlari mazkur holatni yashirishga urinishgan.
Sputnik

TOShKENT, 11 okt - Sputnik. 8-oktabr kuni Moskva viloyati Lyuberes tumanidagi o‘rmondan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan.

TIV xabariga ko‘ra, avvalroq 2-oktabr kuni “Tomilinsk elektron zavodi” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi” MChJning obyektlaridan birida devor qulashi natijasida hamurtimiz vafot etgani va tashkilot rahbarlari mazkur holatni yashirishga urinayotgani to‘g‘risida ma’lumot bor edi.

Ikki davlatda ikki o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Elchixona shu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga rasmiy murojaat qilgan va bosh konsul O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiya agentligi vakolatxonasi rahbari bilan birgalikda voqea joyiga borgan edi.

Tergov organlari qidiruv amaliyotlarini olib borgan va marhumning jasadi obyektdan 5 km. uzoqlikdan topilgan.

Ayni paytda tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq masalalarni hal qilmoqda.