TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Joriy yil 10-oktabr kuni O‘zbekiston Milliy gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘riqlanayotgan Amudaryo ustidagi toifalangan “Qipchoq ponton ko‘prigi”dan noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini suvga tashlagan ayolni qutqarishdi, deb xabar qildi Milliy gvardiya matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 2019-yil 10-oktabr kuni soat 11:30 lar chamasida “Cobalt” rusumli avtomashinadan noma’lum ayol kishi ko‘prik oldida tushib qolib, o‘zini daroga tashlagan.
Ko‘prik hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari bu holatni ko‘rib, zudlik bilan cho‘kayotgan ayolni suvdan olib chiqqanlar.
Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati hamda tuman IIB navbatchilik qismi voqea joyiga yetib kelguniga qadar Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.