Toshkent-Yekaterinburg reysi Tumenga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Toshkent-Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘yicha HY611 qatnovini amalga oshiruvchi A320 samolyoti Tumen shahridagi zaxira aerodromiga yo‘naltirildi.
Sputnik

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Bugun, 10-oktabr kuni Toshkent-Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘yicha HY611  qatnovini amalga oshiruvchi A320 samolyoti Tumen shahridagi zaxira aerodromiga yo‘naltirildi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasining ma’lum qilishicha, bunga Yekaterinburgdagi Kolsovo aeroportining texnik sabablarga ko‘ra yopilgani sabab bo‘lgan. 

Sankt-Peterburg-Namangan reysi Samaraga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, Kolsovo aeroporti ochilgach, O‘zbekiston samolyoti o‘z manzilida davom etadi.

Bugun ushbu havo bo‘shlig‘ida An-12 harbiy-transport samolyoti favqulodda qo‘ndi, deya xabar qiladi RIA Novosti. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda bo‘lgan 20 kishi omon qolgan.

Ma’lum qilinishicha, samolyot qo‘nish vaqtida havo kemasida yong‘in chiqqan va olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Favqulodda vaziyatga samolyot shassisining chiqmaganligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.