Termizda ikki bola uyda qulflanib qoldi

Qutqaruvchilarning samarali xatti-harakatlari natijasida uy eshigi ochildi va 8 yoshli va 5 yoshli bolakay ota-onasiga sog‘-salomat topshirildi.
Sputnik

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Termizda uyida qulflanib qolgan ikki bola qutqarildi.

FVV xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor navbatchilik qismiga Termiz shahar Farovon massivida istiqomat qiluvchi Y.S.dan murojaat kelib tushgan.

Unga ko‘ra, fuqaro xonadonining eshigi ichkaridan qulflanib qolganligi va ikki nafar yosh bolalar yolg‘iz qolib ketganligi bois yordam so‘rab murojaat qilgan.

Shundan so‘ng navbatchi guruh zudlik bilan voqea joyiga yetib borishadi.

Termizda ikki bola uyda qulflanib qoldi

Qutqaruvchilarning samarali xatti-harakatlari natijasida uy eshigi ochib berilib, fuqaroning 8 yoshli E.N. va uning ukasi 5 yoshli E.M. ota-onasiga sog‘-salomat topshirilgan.