Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Igor Dodon bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Moldova prezidenti Igor Dodon bilan uchrashib o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Sputnik

TOShKENT, 10 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Moldova Respublikasi prezidenti Igor Dodon bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, uchrashuvda Moldova va O‘zbekiston o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etilgan hamda o‘zaro almashinuvlarni faollashtirish, istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olingan. Shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga tashrif buyurgan. Turkmaniston poytaxtida 11-oktabr kuni MDH sammiti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Sammit doirasida O‘zbekiston prezidenti qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.