Chet eldan O‘zbekistonga yuborilgan valyuta hajmi 18%ga oshdi – Markaziy bank

O‘zbekistonga yuborilgan valyuta hajmi 18%ga, ichki bozorda valyuta aylanmasi 30 % oshdi – Markaziy bank.  
Sputnik

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Ushbu yilning 9 oyida O‘zbekistonda xalqaro pul o‘tkazmalari umumiy hajmi - 5,2 milliard  dollarga yetdi. Shundan 4,5 mlrd. $ - jismoniy shaxslardan O‘zbekistonga kelib tushgan pullar  va 0,8 mlrd $ – xorijga yuborilgan pullar, deb xabar qilmoqda Markaziy bank.

“Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikamizga kirib kelgan valyuta mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18% ga oshdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil yanvar-sentabr oyida O‘zbekistonda yuborilgan valyuta miqdori 3,8 mrld. Dollarni tashkil qilgan edi.

Chet eldan O‘zbekistonga yuborilgan valyuta hajmi 18%ga oshdi – Markaziy bank

Shuningdek, Markaziy bank O‘zbekiston ichki valyuta bozori 2019-yilning 9 oyida 1,3 baravar o‘sganini xabar qildi.

“2019 yilning 9 oyi davomida ichki valyuta bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining jami aylanma hajmi 24,3 mrld. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga (18,3 mrld. doll.) nisbatan 1,3 barobarga oshdi”, - deyilgan xabarda.

Bank xabarida aytilishiga ko‘ra, ichki bozorda valyutaga bo‘lgan talab (7,7 mld) taklifdan (4,8 mlrd) ko‘ra ko‘proq bo‘lgani tufayli Markaziy bank tomonidan qo‘shimcha valyuta intervensiyalari bo‘lib turgan. 

Chet eldan O‘zbekistonga yuborilgan valyuta hajmi 18%ga oshdi – Markaziy bank