“Tolibon” razvedka boshlig‘i ushlandi

Afg‘oniston Gazni provinsiyasida kuchishlatar bo‘linmalari tomonidan “Tolibon” harakati razvedka boshlig‘i qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Afg‘oniston kuchishlatar bo‘linmalari “Tolibon”* terrorchilik harakatining razvedka boshlig‘ini qo‘lga olishdi. Bu haqda RIA Novosti TOLOnews telekanaliga asosan xabar qildi.

Afg‘onistonda toliblarning eng xavfli “soyadagi hokimi” o‘ldirildi - foto

Huquq-tartibot organlari ma’lumotiga ko‘ra, Gazni viloyatida maxsus amaliyot davomida Mulla Nuruddin ismli jangari ushlandi.

“Jangari bilan uning akasi ham qo‘lga olindi”, - deb qo‘shimcha qildi viloyat hokimlik matbuot kotibi Arif Nuri.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari bilan “Tolibon” radikal harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik davom etmoqda. Toliblar ilgari mamlakatning qishloq joylaridagi katta hududni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtirgan.

Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari mamlakat bo‘ylab aksilterror operatsiyalarini o‘tkazishni davom etmoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot