O‘zbekiston-Yaman uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralashi doirasida o‘z maydonida Yaman terma jamoasi bilan bahs olib boradi.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt – Sputnik. O‘zbekiston – Yaman uchrashuviga suriyalik Hanna Hattab bosh hakami etib tayinlandi. Bu haqda O‘FA xabar qildi.

Yordamchi hakamlar: Muhammad Kazzaz (Suriya), Ayman Fayzal Hamze Obeidat (Iordaniya). 

Zaxira hakami: Ahmad Alali (Quvayt)

Nazoratchi: Jassim Muhammad Al Hail (Qatar)

Komissar: Mei Chiat Si (Malayziya).

Ektor Kuper bir yilda nimalarga ulgurdi ?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10-oktabr kuni JCh-2022 saralashi 2-bosqich 3-turi doirasida o‘z maydonida Yaman terma jamoasi bilan bahs olib boradi. O‘yin “Paxtakor”stadionida bo‘lib o‘tadi va mahalliy vaqt bilan soat 17: 00da boshlanadi.  

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin olgan. Guruhda O‘zbekiston terma jamoasiga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

Ilk uchrashuvda O‘zbekiston Falastinga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Shundan so‘ng O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘rtadasidagi shartnoma o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilindi. Hozirda Vadim Abramov terma jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda.