Toshkent metrosida yanada yengil nafas olish mumkin bo‘ladi

“Transmashxolding” AJ shahar transportini rivojlantirish direksiyasi bo‘lim boshlig‘i Darya Marku Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan yangi vagonlarning xususiyatlari borasida.
Sputnik

Vagonlar buyurtmachining maxsus talablari asosida loyihalashtirilgan, deydi ekspert. Ular Moskva metrosida qo‘llanilayotgan amaliyot asosida ishlab chiqilgan.

“Umid qilamizki, mazkur vagonlar ham yo‘lovchilar va ham metro xodimlari uchun qulaylik yaratib, har tomonlama shinamlik hissini hosil qiladi”, - dedi Darya Marku Sputnik O‘zbekiston bilan bo‘lgan suhbati chog‘ida. 

Toshkentda yangi metro poyezdlari taqdim etildi

Istiqbolda, O‘zbekistonga ko‘chma sostavni ham yetkazib berishga tayyormiz. Sostavlar maxsus modifikatsiyaga ega: keng eshiklar, to‘siqsiz ketma-ket ulangan vagonlar va yo‘lovchilarni xabardor qilishning yangi tizimi.

Ahamiyatli tarafi sostav farqli rangga ega, uning bo‘yalishi O‘zbekiston milliy bayrog‘i ranglarida bajarilgan. Shu bilan birga, ular tejamkor va ergonomik xususiyatga ega, ya’ni qo‘llanilishda samarali hamdir.

Yo‘lovchilar vagonlardagi havo haroratining meyoriy shakllantirilishiga ham alohida baho bera oladilar. Bunda, hudud uchun odatiy bo‘lgan eng yuqori haroratlarda ham qulay muhit saqlab turish imkoniyati yaratilgan, deya so‘ziga yakun yasadi D.Marku.

Ekspertning izohini to‘liq quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Toshkent metrosida yanada yengil nafas olish mumkin bo‘ladi