Shavkat Mirziyoyev yil oxirida Yaponiyaga boradi

2019 yil oxirida Yaponiyaga bo‘lajak tashrif doirasida energetika, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida shartnomalar imzolanadi. 
Sputnik

TOShKENT, 8 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yil oxirida Yaponiyaga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Iqtisodiy va ijtimoiy investitsiya loyihalariga bag‘ishlangan majlisda ma’lum bo‘ldi.

Yaponiya O‘zbekistonga axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda yordam beradi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2019-yil oxirida prezidentning Yaponiyaga tashrifi rejalashtirilgan. Tashrifga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Tokio bilan energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalariga doir kelishuvlarga erishilgan. 

Undan tashqari, kimoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, yapon texnologiyalari asosida elektrostansiya qurish, suv tozalash va suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, shahar qatnoviga mo‘ljallangan elektrobuslar ishlab chiqarishga oid loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.