Rossiya va Turkiya milliy valyutada hisob-kitob qilishga kelishdi

Rossiya va Turkiya moliya idoralari milliy valyutalarda hisob-kitob va to‘lovlarni amalga oshirish to‘g‘risida bitimni imzoladi.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Rossiya Moliya vazirligi va Turkiya g‘aznachilik va moliya vazirligi hisob-kitob va to‘lovlarni milliy valyutada amalga oshirish to‘g‘risida bitimni imzoladi.

Rossiya va Xitoy dollarda hisob-kitob qilishdan voz kechdi - OAV

Bu haqda RIA Novosti Moliya vazirligiga asosan xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, hujjat "banklararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, shuningdek, ikki davlat tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida uzluksiz to‘lovlarni ta’minlashga" qaratilgan.

Rossiya tomonidan bitimni bosh vazirning birinchi o‘rinbosari - moliya vaziri Anton Siluanov, Turkiya tomonidan G‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak imzoladi.

Asosiy maqsad - Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda rubl va liradan foydalanishga bosqichma bosqich o‘tish va buni ko‘paytirish, moliya bozorining tegishli infratuzilmasini yaratish va kompaniyalar uchun milliy valyutaning jozibadorligini oshirish Moliya vazirligining asosiy maqsadi edi.

Rossiya va Turkiya emitentlari likvidlik darajasini oshirish uchun ikki mamlakat bozorlarida qimmatli qog‘ozlarini chiqarish vositalarini ishlab chiqadilar.

“Bitimning imzolanishi Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va teng huquqli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish uchun muhim qadamdir”, - deyilgan xabarda.