Putin va Medvedevning maoshi oshirildi

Putin o‘zi va Dmitriy Medvedevning maoshini oktabrdan boshlab 4,3 foizga oshirish to‘g‘risida farmonni imzoladi.
Sputnik

TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu yil 1-oktabrdan prezident va bosh vazirga to‘lanadigan maoshni 4,3 foizga oshirish to‘g‘risida farmonni imzoladi, deb xabar qildi RIA Novosti.  

Putin Sibir o‘rmonida hordiq chiqardi – video

Farmon bilan Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarni boshqarish vazirlari, Tergov qo‘mitasi rahbari, Bosh prokuror, FQX direktori, Milliy gvardiya boshlig‘i, Tashqi razvedka xizmati direktori, FQX direktori, davlat felyegerlik xizmati direktori, Xavfsizlik Kengashi kotibi, Hukumat raisining birinchi o‘rinbosari, Markaziy saylov komissiya raisi va uning o‘rinbosarlari, inson huquqlari bo‘yicha vakilning ish haqi miqdori oshirildi.

Hujjatga asosan hukumatga ushbu harakatlarni moliyalashtirishni ta’minlash haqida topshiriq berildi.

Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, maosh rejali indeksatsiya qilindi.