Po‘lat Bobojonov rossiyalik hamkasblari bilan uchrashdi

Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xodimlari uchun yuqori tashkilotchilik va professional darajada o‘tkazilgan mahorat darslari uchun Irina Volk¬ka samimiy minnatdorlik bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov mamlakatga tashrif buyurgan Rossiya IIV delegatsiyasi a’zolarini qabul qildi.

IIV matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, vazir Po‘lat Bobojonov muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi samarali hamkorlik aloqalari mustahkam va keng istiqbolga ega ekanini ta’kid­lab o‘tgan.

Qayd etilishcha, vazir yaqin kelajakda MDH davlatlari Ichki ishlar vazirlari kengashiga MDHga a’zo davlatlarning poytaxtlardagi ichki ishlar organlari va politsiya rahbarlari yig‘ilishi kabi formatni yaratish, birinchi majlisni esa Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risida taklif kiritilishi rejalashtirilayotganini bildirgan.

Rossiya IIV vakillari Toshkentda

Po‘lat Bobojonov Rossiya IIVning jamoatchilik va OAV bilan ishlash xizmatlari faoliyatiga yuqori baho berdi va Rossiya delegatsiyasi tomonidan O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xodimlari uchun yuqori tashkilotchilik va professional darajada o‘tkazilgan mahorat darslari uchun Irina Volk­ka samimiy minnatdorlik bildirgan.

O‘z o‘rnida, Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i, politsiya general-leytenanti Oleg Baranov iliq va samimiy qabul uchun tashakkur bildirib, transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishni o‘zaro manfaatli hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri deya qayd etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida hamkorlik aloqalarini davom ettirishga kelishib olishdi.