Mirziyoyev NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun undiriladigan bojni pasaytirdi

O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari pasaytiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeks ishlab chiqiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

“Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun hujjatlarining loyihalari bo‘yicha muhokama natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va Vazirlar Mahkamasiga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi.

QQS o‘zgarishi tufayli tadbirkorlar birinchi navbatda nima qilishlari kerak

Bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilishi majburiydir.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

- respublika, viloyatlararo NNTlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari BHMning 4 baravaridan 3 baravarigacha;

- viloyat NNTlari uchun – BHMning 2 baravaridan 1 baravarigacha pasaytiriladi.

Faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan NNTni davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji stavkasi BHMning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-fevralga qadar Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov asosida NNTlar rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi.