Kogonda o‘quvchilar paxtaga olib chiqilgani haqidagi xabar o‘rganilmoqda – XTV

Ijtimoiy tarmoqlarda Kogon tumanida beshinchi va undan yuqori sinf o‘quvchilari paxta dalasiga olib chiqilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Sputnik

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Kogon tumanida maktab o‘quvchilari paxta terimiga jalb etilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, paxta dalasiga beshinchi va undan yuqori sinf o‘quvchilari olib chiqilgan. Hozirgi kunda mutasaddilar mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Ma’lumotnoma evaziga paxta terdirmoqchi bo‘lgan rais jarimaga tortildi

“O‘rganish natijasiga ko‘ra, mazkur iddaolar tasdiqlansa, qonunni himoya qilish organlari tomonidan javobgarlikka tortilishi lozim”, - deyiladi xabarda.

Xabarda XTV maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilari va tizim xodimlarini majburiy mehnatga jalb etilishiga qarshi va joylardagi tizim rahbarlaridan majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilishi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fuqarolarni paxta terishga majburlagan Bog‘ot tumani hokimiga jazo tayinlangani xabar qilingan edi.