Toshkentda firibgar tanishini 22 mln so‘mga “uxlatdi”

Fuqaro IIBB YHXBda tanishlari borligini aytib, avtomobil uchun tonirovkaga ruxsat va "chiroyli" davlat raqami olib berishini va’da qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Toshkentda tanishini 22 million so‘mga chuv tushirgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Avtomoyka” sotish bahonasida toshkentlik ayolni chuv tushirgan firibgar ushlandi

IIBB xabariga ko‘ra, joriy yilning may oyida 46 yoshli Sh.R. 34 yoshli A. N.ning ishonchiga kirib, Toshkent viloyati IIBB YHXBda tanishlari borligini aytib, avtomobil uchun tonirovkaga ruxsat va “chiroyli” davlat raqami olib berishini va’da qilgan.

Ushbu xizmatini 22 million so‘mga baholagan. Ammo va’dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Hozirda O‘zbekiston Jinoyat kodeksining firibgarlik moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.