Tender yakunlari: O‘zbekistonda fotoelektr stansiyasini kim qurishi aniqlandi

O‘nlab da’vogar kompaniyalar texnik va tijorat takliflari o‘rganilib chiqildi va natijalar tender komissiyasi tomonidan e’lon qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Energetika vazirligi respublikada quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tender natijalarini e’lon qildi. 

O‘zbekistonda quyosh foto-elektr stansiyalarini qurish bilan xususiy investorlar shug‘ullanadi

Loyihani amalga oshirish uchun XXR, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, BAA va boshqa davlatlardan dastlab 23 ta kompaniya kurashdi va ularning faqat 11 tasi kvalifikatsiya oldi tanlovdan o‘tdi. 

Tijorat tender takliflarini beshta kompaniya taqdim etdi. Texnik va tijorat takliflarning tahlili va baholanishi yakuniga ko‘ra, tender komissiya tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining "Masdar" kompaniyasi tanlab olindi.

Qo‘yilgan shartlarga ko‘ra, quyosh elektr stansiyasi 12 oyda qurib bitkaziladi.