O‘zbekiston va YeOII

O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilishi Qirg‘izistonga foydali bo‘ladimi – ekspert fikri

O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqqa qo‘shilish masalasini o‘rganmoqda. Qirg‘izistonlik siyosatshunosning fikriga ko‘ra, bu Qirg‘izistonga muammo tug‘dirishi mumkin. Bu masala yuzasidan Qirg‘iziston bosh vaziri maslahatchisi javob berdi.
Sputnik

TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri maslahatchisi Kubat Raximov O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilishi Qirg‘izistonga foydali bo‘ladi deb aytdi.   

Shavkat Mirziyoyev iqtisodchi sifatida YeOII foydasi va xatarini tushunadi - Matviyenko

Sputnik Qirg‘iziston yozishicha, "Evroosiyo haftaligi" IV xalqaro forumi yakunlari bo‘yicha: "Evroosiyo iqtisodiy taraqqiyotining asosiy va istiqbolli yo‘nalishlari" davra suhbati o‘tkazildi.

Unda siyosatshunos Arkadiy Gladilov O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lishni o‘rganayotganini eslatdi. Uning fikricha, bu Qirg‘izistonga muammo keltirib chiqaradi.

“Qanday oqibatlar bo‘lishi mumkin? Ular bizni bojxona bojlari bo‘linishida 1,9 foizdan 1,5 yoki umuman 1,2 foizga surib qo‘yishi mumkin. Bu bilan biz ko‘p miqdorda pul yo‘qotishimiz mumkin. Hozir bizning migrantlar Rossiyada (YeOIIga a’lo bo‘lishi hisobiga – tahr.) ko‘plab imtiyozlarga ega. O‘zbekistonda ishsizlik va aholisi ko‘p. Shu hisobida bizning migrantlarga noqulaylik yuzaga kelishi mumkin”, - deydi Gladilov.

Raximov bojxona boji ulushi bo‘yicha foizda kam bo‘lishi mumkin, biroq pul qiymatida o‘sha yoki undan ko‘proq bo‘ladi, “chunki umumiy qozon kattalashadi”.

“O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilishi Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l qurilishi ishga tushirish ilgagi (trigger) bo‘ladi, bu yerda mamlakatimiz yutadi, bu yerda geosiyosiy qarama-qarshilik olib tashlanadi. Migrantlar bo‘yicha: qirg‘izistonliklar rus tilini bilish ko‘niklamalari bo‘yicha ham O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga qaraganda yaxshiroq”, - deb javob qaytardi bosh vazir maslahatchisi.