O‘zbekiston va YeOII

Mirziyoyev bosim ostida egiladigan siyosatchi emas - Safoyev YeOII muzokaralari haqida

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Rossiya Federatsiyasi Federatsiya kengashi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrifi natijalari bo‘yicha axborot berdi. U respublikaning YeOIIga qo‘shilish masalasi bo‘yicha aniq qaror qabul qilinmaganini ma’lum qildi.
Sputnik

Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, Valentina Matviyenkoning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqqa qo‘shilish haqidagi bayonoti haddan tashqari rezonansga ega emas, chunki shunday rejalar so‘nggi uch yil davomida muhokama qilingan, ammo yakuniy qaror qabul qilish uchun har tomonlama puxta tahlilni talab qiladi.

“Bu haqda prezidentning o‘zi parlament oldida gapirgan, bundan tashqari, avgust oyida Belarusda bitim imzolangan, u yerda, shu qatorda, Belarusning YeOIIdagi tajribasini inobatga olgan holda hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida band bor edi. Bu mavzu yangi emas. Ekspert guruhlari ishlamoqda, masalani o‘rganishmoqda. Barcha ijobiy va salbiy tomonlar taqqoslanishi bilan qarorni e’lon qilamiz”, - deb ta’kidladi Senat vakili.

“Yeng shimarib ishlaymiz”: Safoyev Rossiya bilan savdo-sotiqni rivojlantirish haqida

 “O‘zbekistonning qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligi, agar O‘zbekiston qaror qabul qilsa va shunga murojaat qiladigan bo‘lsa, har bir davlatning konsensus - har bittasi shunga rozi bo‘lishi kerak. Shuning uchun biz ular bilan muzokaralar olib borishimiz, ishchi guruhi tuzishimiz kerak”, - deydi Safoyev.

Safoyev ittifoqqa qo‘shilish masalasida bosim o‘tkazilishi ehtimoli mumkinligi haqidagi savolga javob berarkan:

“O‘zbekiston – unga bosim o‘tkazish mumkin bo‘lgan davlat emas, prezidentimiz bosim ostida egiladigan siyosatchi emas. Va buni hamma juda yaxshi biladi. Shunday ekan, hech qanday bosim haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. YeOII a’zo davlat vakillaridan savollar bo‘ldi, turli fikrlar bildirildi. Muzokaralar ketapti – ikki tomon manfaatlari haqida. Bu yerda oddiy diplomatik jarayon ketayapti”, - deb qo‘shimcha qildi siyosatchi.

Safoyev ta’kidlashicha, O‘zbekiston har qanday tashkilotga a’zo bo‘lishda faqat o‘z manfaatlaridan kelib chiqib qaror qabul qiladi.

“Bizda uch yildan beri ochiq tashqi siyosat olib borilayapti. Biz 25-yil davomida qo‘rqqan, qochgan - Turkiy kengashga qo‘shildik, endi Yevropa Ittifoqi bilan Yevropa bozorlariga chiqish uchun kengaytirilgan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvni muhokama qilmoqdamiz. Biz YeOIIga qaraganda ko‘proq rivojlangan platformalar mavjudligini tushunamiz - masalan, Yevropa ittifoqi. Ammo bu uyushma doirasida davlatlar o‘z mustaqilligining bir qismini - moliyaviy, qonunchilik, sud sohalarida yo‘qotadilar, chegaralar bo‘yicha ham imtiyozlar mavjud va hokazo. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi buni nazarda tutmaydi. Shuning uchun, qaror qabul qilganimizda, birinchi navbatda ushbu tomonlarga e’tibor qaratamiz”, - deb xulosa qildi Safoyev.

Oliy Majlis Senat raisi birinchi o‘rinbosarining izohini to‘liq quyidagi rus tilidagi podkastda tinglashingiz mumkin.

Mirziyoyev bosim ostida egiladigan siyosatchi emas - Safoyev YeOII muzokaralari haqida