Shifokorlarga bo‘layotgan tajovuzlarning oxiri bormi? - Sog‘liqni saqlash vazirligi

Vazirlik xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019-yilning 9 oyida tez yordam shifokorlariga 100-martadan ortiq tajovuz qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi yana bir bor O‘zbekistonda shifokorlar nisbatan avj olgan zo‘ravonlik haqida xabar qildi.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2019-yilning 9 oyi davomida Respublika tez tibbiyo yordam xodimlariga 100dan ortiq tajovuzlar qayd etilgan. Ularning aksariyati aybdor tomonning kechirim so‘rashi bilan yakunlangan, ayrim hollarda hech qanday chora ko‘rilmagan.

-Shifokorlarga bo‘layotgan tajovuzlar bevosita vazirlikning murojaatidan so‘nggina huquqiy chora ko‘rilayotganini qanday baholash mumkin?, - deyilgan xabarda.

Nima uchun huquqni muhofaza qilish, ichki ishlar, MIB kabi tizimlar xodimlariga qilingan har qanday tajovuzga darhol huquqiy baho beriladi, aybdor aniqlanadi va hatto ozodlikdan mahrum bo‘lishgacha bo‘lgan jiddiy jazolar qo‘llanadi-yu, bunday tezkorlik Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga kelganda unutiladi?

Yana bir tez yordam shifokori kaltaklandi, bu safar - Samarqandda

Nega yaqqol ko‘rinib turgan ishlar bo‘yicha ham jazo muqarrarligi paysalga solinadi? Qonunchilikka aniq o‘zgartirishlar kiritish payti kelganini bir necha marta ta’kidladik, o‘z takliflarimizni berganmiz. Bugun bu masala har qachongidan ham dolzarb.

Nima bo‘lganda ham, o‘z huzur-halovatidan kechib, o‘zgalarga shifo baxsh etayotgan, insonlar dardiga darmon bo‘layotgan shifokorlarning huquqlarini qat’iy himoya qilish uchun alohida huquqiy hujjat qabul qilish vaqti allaqachon kelgan. Yelkasiga ulkan mas’uliyatni olib, inson salomatligi yo‘lida tunu-kun xizmat qilayotgan kasb egalariga nisbatan bo‘layotgan salbiy munosabatlarni o‘zgartirishimiz zarur, deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.