TOShKENT, 2 okt - Sputnik. 2019-yil 2-oktabr kuni Rossiya Federal Majlisi Kengashi raisi Valentina Matviyenko Senat Raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashuvidan so‘ng jurnalistlarga ikki davlat parlament vakillari 2020-yilda nishonlanadigan G‘alabaning 75-yilligiga tayyorlarlik jarayonini muhokama qilishganini ma’lum qildi.
"Hamraislarimizga G‘alaba kunini nishonlashimiz haqida o‘ylab ko‘rishlari uchun topshiriqlar berdik. Bu bizning umumiy g‘alabamiz, urush yillarida fashizm ustidan g‘alaba qozongan xalqlarimiz g‘alabasi. Parlament liniyasi bo‘yicha biz tadbirni nishonlashda o‘z formatimizni o‘ylab ko‘ramiz. Bu tadbirga yanada ko‘proq yoshlar jalb etilishi va biz ularga veteranlarimiz oldida minnatdorlik tuyg‘usini singdirmog‘imiz lozim", - dedi Matviyenko hamda bu kabi muhim sanalarga e’tibor bilan yondashish lozimligini qo‘shimcha qildi.