Mahalliy undan qolipli non ishlab chiqaruvchilar QQSdan ozod etiladi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda mahalliy undan qolipli non ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozi belgilandi.
Sputnik

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. “Donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

QQS pasaytirilishi nimalarga olib keladi – ekspert fikri

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-iyulgacha faqat mahalliy dondan ishlab chiqarilgan undan tayyorlangan qolipli non ishlab chiqarish va sotish QQSdan ozod etiladi.

2019 yil 1-oktabrdan boshlab import qilinganda QQSga tortilgan donni qayta ishlash korxonalari QQS bo‘yicha soliqqa tortiladigan aylanmani Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlaydilar.

Shuningdek, qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra yuridik shaxslar belgilangan ro‘yxat bo‘yicha chetdan keltiriladigan yog‘och-taxta materiallari va yog‘och uchun QQS to‘lashdan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz bekor qilindi.