WhatsApp dasturi ayrim telefonlarda ishlashni to‘xtatadi

2020 yil 1-fevraldan boshlab WhatsApp messendjeri eski operatsion tizimli qurilmalarda ishtashni to‘xtatadi.
Sputnik

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. 2020-yil 1-fevraldan WhatsApp messendjeri eski operatsion tizimli qurilmalarda ishtashni to‘xtatadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Rossiyada Telegram'da yozishmalarni o‘qiy oladigan josus-dastur aniqlandi

Android 2.3.7 va iOS 8 operatsion tizimlarida ishlaydigan mobil qurilmalarda ishlamaydi. Shuningdek, cheklovlar 2019-yil 31-dekabrdan Windows Phone  operatsion tizimiga ham tegishli bo‘ladi.

Shu bilan birga, dastur ishlab chiquvchilari Android 4.0.3 i iOS 9operatsion tizimlarida yoki keyingi versiyalardagi qurilmalardan foydalanishni tavsiya etadilar.

WhatsApp - dunyodagi eng mashhur xabar almashish dasturilaridan biri hisoblanadi. 2018-yil fevral oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, dasturni bir yarim milliarddan ortiq kishi ishlatgan.