Rossiyada yuqori malakali xorijiy migrantlarning ish haqi kamaytirilishi mumkin

Rossiyada yuqori malakali xorijiy mutaxassislarning ish haqi bir yarim baravarga kamaytirish taklif qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Yuqori malakali xorijiy mutaxasislar ish haqining chegarasini bir yarim baravarga – oyiga 167 mingdan 100 ming rublgacha kamaytirish taklif qilindi.

Putin migrantlar uchun Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirdi

Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” Rossiya Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasiga asosan xabar qildi.

Ta’kidlash joizki, yuqori malakali chet ellik mutaxassislar Rossiyada kvota va patentlarsiz ishlaydigan va yiliga 2 million rubl miqdorida maosh oladigan migrantlar toifasiga kiradi. Bu oyiga sal kam 170 ming rublni tashkil qiladi.

Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya universiteti professori Aleksandr Safonovning ta’kidlashicha, Rossiyada yuqori malakali mutaxassislar toifasiga nafaqat top-menedjerlar, balki yaxshi muhandis va ishchilar ham kiradi.

Uning fikriga ko‘ra, Xitoy, Chexiya yoki Vengriyadan kelgan mutaxassislarga oyiga 100 ming rubl maosh avvalgidek jozibador bo‘lib ko‘rinishi mumkin.