Rossiya fuqaroligini olish qoidalari o‘zgartirilishi mumkin

Rossiya hukumati Rossiya fuqaroligini olishga davogarlik qilgan chet elliklarga birinchi fuqaroligidan voz kechmaslikka ruxsat berishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Rossiya hukumati mamlakat fuqaroligini olishga davogarlik qilgan chet elliklarga birinchi fuqaroligidan voz kechmaslikka ruxsat berishi mumkin.

Putin migrantlar uchun Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirdi

RIA Novosti xabarida aytilishicha, bu haqda tegishli taklif Davlat Dumasiga 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan federal budjet loyihasiga ilova qilingan hujjatlarda bayon etilgan.

Iqtisodiy rivojlanish vazirligining bayonotida yozilishicha, kelajakda migratsiya siyosatini amalga oshirilishida boshqa fuqarolikdan voz kechish majburiy talabini bekor qilishga imkon beradi. Tayyorlangan hujjat hukumat tomonidan ma’qullangan.

Bundan tashqari, Rossiya oliygohlari, MDH va Boltiqbo‘yi davlatlarining yetakchi o‘quv muassasalarida tahsil olgan xorijliklar uchun vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, yashash huquqini beruvchi hujjat va fuqarolikni olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha rejalarni ham o‘z ichiga oladi.