Instagram’dagi tortishuv pichoqbozlikka olib keldi

Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 105-moddasi tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Sputnik

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Toshkent shahrida voyaga yetmagan shaxslar orasida mushtlashuv yuz berdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga asosan.

Zavod oshxonasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi – video

Xabarda aytilishicha, 2019-yil taxminan iyul oylari boshida, fuqaro J.U. voyaga yetmagan F.A. bilan “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali tortishib qolib, o‘zaro kelishib olish maqsadida 2019-yilning 14-iyul kuni soat taxminan 18:30da, Shayxontoxur tumani, Abay ko‘chasida joylashgan “Korzinka” savdo markazi oldida uchrashishgan  vaqtida, J.U. bilan birga kelgan voyaga yetmagan U.V. voyaga F.A. bilan birga kelgan U.O.ning son qismiga o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 22.07.2019 yilda Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 105-moddasi tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat ishi tegishli sudlovga yuborish masalasini hal etish uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan.