TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Antarktidadagi Eymeri muzligidan 315 milliard tonnalik aysberg ajraldi. RIA Novosti xabariga asosan.
D28 nomini olgan aysbergning umumiy maydoni 1,6 ming kvadrat kilometr, qalinligi 210 metrni tashkil qiladi.
Muzlik dengiz kemalarga xavf solishi mumkin, shu sababli uning harakati kuzatib boriladi.
Eymeri – kattaligi bo‘yicha uchinchi muzlik hisoblanadi – u materikning sharqidagi Lars Kristensen va Ingrid Kristensen sohillari orasida joylashgan. So‘nggi bor bunday katta aysberg 50-yil oldin undan ajralgandi.