Andijonda 83 nafar maktab o‘quvchisi ovqatdan zaharlandi

Andijondagi xususiy maktabda 83 nafar o‘quvchi va 7 nafar o‘qituvchi ovqatdan zaharlanib kasalxonaga yotqizildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Andijondagi Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academy nomli nodavlat ta’lim muassasasida 30-sentabr kuni 83 nafar o‘quvchi va o‘qituvchilar ovqatdan zaharlandi deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bekobodda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 30-sentabr kuni 75 nafari o‘quvchilar va 7 nafar o‘qituvchi ovqatdan zaharlangan. Shu kun maktabga jami 217 nafar o‘quvchi kelgan.

Shu kun soat 19:00larda zaharlangan o‘quvchilarning 49 nafari hamda 4 nafar o‘qituvchi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Shuningdek 14 nafar o‘quvchi va 3 nafar o‘qituvchi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Andijon filialiga va yana 12 nafar o‘quvchi viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasiga olib kelingan.

Ayni damda zaharlangan o‘quvchi va o‘qituvchilar shifokorlar nazorati ostida. Ularning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda.

Andijondagi Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academy maktabi 2018-yilning iyul oyida ochilgan edi. Maktab asoschisi Haydarova Nilufar Anvarovna, tajribali pedagog, Toshkentdagi "Lily Education" maktabining asoschisi. Maktabda 1sinfdan 5 sinfgacha o‘quvchilarga ingliz, rus tillari va matematika chuqur o‘rgatiladi.