Toshkent viloyatida besh yuzga yaqin xonadon gazsiz qoldi

Zangiota tumani "Turkiston" MFY va "Bog‘ishamol" MFY hududida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha olib borilayotgan yer qazish ishlari vaqtida yer ostidagi gaz quvuriga shikast yetkazilgan.
Sputnik

TOShKENT, 30 cyen – Sputnik. Toshkent viloyatining besh yuzga yaqin xonadon gazsiz qoldi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekistonda ilk bor yura davrigacha bo‘lgan qatlamlardan gaz olindi

Xabarda aytilishicha, Zangiota tumani "Turkiston" MFY va "Bog‘ishamol" MFY hududida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha olib borilayotgan yer qazish ishlari vaqtida yer ostidagi gaz quvuriga shikast yetkazilgan.

Natijada hududdagi jami 492 ta aholi xonadonlarida 2019-yil 30-sentabr soat 10:00dan boshlab nosozlik bartaraf etilgunga qadar tabiiy gaz ta’minoti tezkor ravishda vaqtincha to‘xtatildi.