Rossiya armiyasi yangi T-90M tanklarini qabul qildi

Rossiya armiyasi modernizatsiya qilingan T-90M tanklarini olishni boshladi. Tank va oldingi modellar o‘rtasidagi asosiy farqi - tank ko‘p qavatli zirhli qolipga ega.
Sputnik

TOShKENT, 30 cyen – Sputnik. Rossiya armiyasi modernizatsiya qilingan T-90M tanklarini olishni boshladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Rossiya Saudiya Arabistonida qurol ishlab chiqarish zavodini qurmoqchi

Rossiya quruqlikdagi qo‘shinlar bosh qo‘mondoni Oleg Salyukovning so‘zlariga ko‘ra, T-72B3M tanklarini sotib olish ishlari davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi va “Uralvagonzavod” o‘rtasida T-90A tankini kapital ta’mirlash bo‘yicha davlat shartnomasi imzolangandi.

T-90M tanki T90A modifikatsiyasi hisoblanadi. Tank va oldingi modellar o‘rtasidagi asosiy farqi - tank ko‘p qavatli zirhli qolipga ega. "Armata" tanki singari 125 millimetrli 2A82-1M to‘p o‘rnatilgan.

T-90M yuqori avtomatlashtirilgan “Kalina” o‘q otishni boshqaruv tizimi va 12,7 mm masofadan boshqariladigan zenit-pulemot moslamasi bilan jihozlangan.

Dushman o‘qlaridan himoyalanish uchun tank po‘latdan yasalgan ekran-to‘qislar va “Relikt” dinamik mudofaa tizimi bilan jihozlangan. Shuningdek, ekipaj qulayligi uchun tankda konditsioner o‘rnatilgan.