TOShKENT, 30 sen - Sputnik. 1- 3-oktabr kunlari RF Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi V.Matviyenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tadi, xabar beradi Oliy Majlis Senatining Axborot xizmati.
Spikerning Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Hamkorligi bo‘yicha parlamentlararo komissiyasining majlisi o‘tkazilishi, O‘zbekiston-Rossiya va Rossiya-O‘zbekiston ishbirlarmon doiralari kengashlarining majlisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Devoni Tahliliy huquqiy boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanishi nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Valentina Matviyenkoning O‘zbekistonga kelishi to‘g‘risida Oliy Majlis raisi Tanzila Narbayevaning Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum bo‘lgandi.