Bekoboddagi bog‘chada ommaviy zaharlanish sababi aniqlandi

Maktabgacha ta’lim vazirligi bolalar bog‘chasida ommaviy zaharlanish nima sababdan sodir bo‘lganini aniqladi.
Sputnik

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Maktabgacha ta’lim vazirligi vakillari yaqinda Bekoboddagi maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan ommaviy zaharlanish holayatini o‘rganish uchun vaqea joyiga yetib bordi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

Bekobodda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi

Vazirlik vakillari voqea yuz bergan joyda suv, oziq-ovqat mahsulotlari, oshxona ashyolari, bog‘cha xodimlari kiyim boshlaridan namunalar olib tekshirishdi. Shuningdek shifoxonaga yotqizilgan bolalardan olingan analizlar natijalarini o‘rganib chiqdi. Tekshiruv natijalari Davlat saniyatariya-epidemiologiya markaziga yo‘naltirildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlangan:

  • MTT yangi maishiy muzlatgichlar bilan jixozlangan va ular ishchi holatida;
  • Xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va sanitar kitobchasiga egalar;
  • MTT suv ta’minotida uzilishlar bo‘lib turadi. “Ariston” suv isitgichi ishchi holatida emas;
  • Dezinfeksiya va yuvish vositalarining zahirasi mavjud bo‘lishiga qaramay xodimlar ularni ishlatmaydilar;
  • Guruhlarda emallangan idish-tovoq yetarli emas;
  • Guruhlarga ichimlik suvi qo‘yilmagan;
  • 27- sentabr kun taomnomasiga bir-biriga mos kelmaydigan taomlar kiritilgan(bodring va kisel, quyultirilgan sut va olma);

Shuningdek, tekshiruv jarayoni ovqat tayyorlash bloki hamda guruhlarda sanitariya qoidalariga rioya qilinmaganligini ko‘rsatdi.

MTT faoliyati va epidemiologik tekshiruv natijalari asosida rahbar, hamshira va oziq-ovqat bloki mas’ul hodimlariga nisbatan lavozimdan ozod etishgacha bo‘lganma’muriy choralar ko‘rilishi mumkin.

Ayni vaqtda Bekobodning 15- sonli MTTsi faoliyati vaqtinchai to‘xtatilgan, tashkilotda yuvish va dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.