TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston-Xitoy Hukumatlararo qo‘mitasi uchrashuvi yakunida imzolangan shartnomalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Umumiy qiymati 4,3 AQSh dollari bo‘lgan shartnomalar O‘zbekiston hududida Xitoy sarmoyasi yoki xitoylik kompaniyalar ishtirokida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgani loyihalarni qamrab olgan.
Ushbu ro‘yxatda tadbirkorlk aloqalarini yengillatishga qaratilgan hukumatlararo shartnomalar va xususiy investitsion, tajriba almashish va boshqa hamkorlik shartnomalari o‘rin olgan.
Ular orasida yuqori texnologiyali aloqa vositalari yetkazib berish, GES qurilishi, ipakni va paxtani qayta ishlash sohasida hamkorlik, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohalarida hamkorlik qilish shartnomalari o‘rin olgan. Masalan:
- Xitoy moliyaviy ishtirokida Chirchiq, Toshkent va Samarqand GESlari kaskadlariini yangilash loyihasi;
- Samarqanddagi Darg‘om kanalida bir necha kichik GESlar qurish loyihalari;
- “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beynau” avtomobil yo‘lining “A-380” bo‘lagi qurilishi;
- “O‘zbektelkom” va Huawei Technologies orasida 107 million dollarlik yuqori texnologiyali uskunalar yetkazib berish shartnomasi;
- “O‘zMobayl” va ZTE orasida 50,9 million dollarlik kommutatsion uskunalar yetkazib berish shartnomasi, “COSCOM» va ZTE Investment orasida texnik xizmat ko‘rsatish shartnomasi;
- “Hebei Cape of Good Hope Logistic Development corporation” tomonidan Angren EIZida – oyna ishlab chiqarish, elektro pikaplar va velosipedlar ishlab chiqarish, fotoelektrik modullar, nasoslar va boshqa mahsulot ishlab chiqarish haqida kelishib olindi. Korxonalar 2021-yil boshida ishga tushirish rejalashtirilgan;
- Chongqing Sunfeel kompaniyasi bilan ipakni qayta ishlash majmuasi, Qindao Tiani kompaniyasi bilan paxtani qayta ishlash majmuasi qurish va ishga tushirish haqidagi sharntnoma;
- Kitob tumanida Anhui Conch Cement kompaniyasi bilan portlandsement ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etish;
- Xitoy sholichilik ilmiy instituti bilan Qoraqalpog‘istonda tuz va qurg‘ochilikka chidamli bo‘lgan sholi navini yetishtirish;
- Xitoy go‘shtni baholash genetik markazi bilan Issiq va sovuqqa chidamli bo‘lgan qoramol turlarini yetishtirish;
- Dalin kompaniyasi bilan hamkorlikda tomchilab sug‘orish tizimlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va boshqalar.
Vazirlar Mahkamasi qarorida ushbu loyihalarni amalga oshirish jarayoni har oy beriladigan hisobotlar yordamida kuzatib borilishi qayd etilgan.