Yanada yaqinroq: O‘zbekiston va Xitoyni ilk charter reysi bog‘laydi

Parvoz umumiy 173 kishini o‘zida sig‘dira oluvchi Airbus A320neo samolyotida amalga oshiriladi. Reysning birinchi yo‘lovchisi mazkur aviakompaniya rahbari Lyu I bo‘lishi kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Xitoyning “Sian-Toshkent-Sian” yo‘nalishi bo‘ylab parvozni amalga oshiruvchi “Zhejang Loong Airlines Co.Ltd.” aviakompaniyasining ilk charter reysi 27-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘nadi. 

Parvoz umumiy 173 kishini o‘zida sig‘dira oluvchi Airbus A320neo samolyotida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabarida qayd etilishicha, “Sian-Toshkent-Sian” charter reysi O‘zbekistonga kelayotgan xitoylik sayyohlar sonini oshirish maqsadida O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi hamda “Zhejang Loong Airlines Co.Ltd.” kompaniyasi tomonidan birgalikda olib borilgan sa’y-harakatlar natijasidir.

Ma’lum qilinishicha, “Sian-Toshkent-Sian” charter reys parvozlari kelgusida muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan 2020-yil 1-yanvardan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun belgilangan tartibda mamlakat xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilangan.