TOShKENT, 26 sen – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki kecha e’lon qilingan, O‘zbekiston umumiy tashqi qarziyil boshiga nisbatan 20%ga o‘sishi holatiga izoh berdi.
2019 yilning 1-iyul holatiga O‘zbekiston tashqi qarzi 20,7 milliard dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 3,4 milliardga ko‘p va O‘zbekiston YaIMning 37%dan ko‘pini tashkil qiladi.
Qayd etish joizki O‘zbekiston tashqi qarzi 2012-yildan buyon muntazam ravishda oshib kelmoqda. Ushbu munosabat bilan Markaziy bank tashqi qarz o‘sishi sabablarini tushuntirib berdi.
2019 yilda tashqi qarz o‘sishining sababi – davlat va xususiy sektor tomonidan olinayotgan bank kreditlari va investitsiyalar miqdori oshishi, ushbu tendensiya yil oxiriga qadar saqlanib qoladi, - deyilgan MB izohida.
Ushbu kreditlar birinchi navbatda iqtisodning turli sohalarida belgilangan davlat dasturlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilmoqda.
Tashqi qarzning asosiy qismi davlat sektoriga to‘g‘ri keladi – 13,1 milliard AQSh dollari. Undan 1 milliardi – yevrobondlar. Davlat qarzi, shuningdek, neft va gaz hamda energetika sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kredit va investitsiyalardan iborat.
Xususiy sektor ulushiga— 7,2 mlrd AQSh dollari to‘g‘ri keladi. O‘tgan davr mobaynida u 330 mln dollarga o‘sgan.
Mutaxassilar fikriga ko‘ra, iqtisodiy rivojlanayotgan davlatlarda tashqi qarzi miqdori katta bo‘lishi bu – odatiy holat. Ularning O‘zbekistondan faqat bitta farqi bor – tashqi qarz tarkibida xususiy sektor ulushi davlat ulushiga nisbatan bir necha barobar ko‘p bo‘ladi.
Masalan, 2019-yanvar oyi holatiga AQSh tashqi qarzi miqdori 22 trillion dollardan ortiq bo‘lgan. Yevropa Ittifoqi tashqi qarzi miqdori – 17, Yaponiyaniki – 11, Britaniyaniki -8, Germaniyaniki – 4 trillion dollar. MDH mamlakatlari orasida tashqi qarz Gruziyada – 14, Belorussiyada – 39, Ukrainada -78, Qozog‘istonda – 161 va Rossiyada – 453 mlrd. $ni tashkil etadi.