Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak vafot etdi

Jak Shirak Fransiya janubida tug‘ilgan, o‘qish va armiya xizmatidan keyin siyosat bilan shug‘ullana boshlagan. Yoshligida kommunistlarni yoqtirgan, keyinchalik o‘nglar yetakchisiga aylangan
Sputnik

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak vafot etdi, deb xabar qilmoqda Frans Press marhum oilasiga tayangan holda. Jak Shirak 86 yoshda bo‘lgan.

Fransiya G‘arbning ma’naviy zaifligi haqida gapirgan Soljenitsinni haq deb topdi

"<...> Bugun ertalab yaqinlari doirasida so‘ndi. Xotirjam", — deya Shirak kuyovi Frederik Sala-Baru so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.

Shirak mamlakatni 1995-yildan 2007-yilgacha god.

Jak Shirak Fransiya janubida tug‘ilgan, o‘qish va armiya xizmatidan keyin siyosat bilan shug‘ullana boshlagan. Yoshligida kommunistlarni yoqtirgan, keyinchalik o‘nglar yetakchisiga aylangan.

Sharl de Goll va Jord Pompiduning saylovoldi kampaniyalarida katta rol o‘ynagan. Pompidu davrida qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimini egallagan.

Keyingi prezident Jiskar d'Esten davrida bosh vazir etib tayinlangan. Keyinchalik u ishdan olingan va "Respublikani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birlashma" muxolifat partiyasiga rahbarlik qilgan.

1977 yildan Parij meri lavozimini egallagan. 1986-yilda — Fransua Mitteran davriga kelib yana hukumat rahbarligiga qaytgan. Shirak — ikki marta bosh vazir bo‘lgan yagona fransuz siyosatchisidir.

Mitteranga 1988-yilda prezidentlik poygasida yutqazib, yana muxolifat tomonga o‘tgan, ammo 1995-yilda yana o‘z nomzodini ko‘rsatib, g‘olib bo‘lgan.