Davlatga xiyonatda ayblangan Kubatin oqlandi

Kubatin ishi 2019-yilning 26-sentabr kuni Toshkent viloyati jinoiy ishlar bo‘yicha sudi appelyatsion instansiyasida ko‘rib chiqilib,  u sud zalining o‘zidayoq ozod etilgan
Sputnik

TOShKENT, 26 sen - Sputnik. Harbiy sud tomonidan 2017-yilda vatanga xiyonatla aybdor deb topilgan va 11-yilga ozodlikdan mahrum etilgan Andrey Kubatin reabilitatsiya qilindi va sud zalining o‘zida ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Ombudsmen rasmiy saytida xabar berildi.

IIV: yangi qonun sobiq mahbuslarga "hayotni oq sahifadan boshlash" imkonini beradi

Andrey Kubatin 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157 (Vatanga xiyonat" moddasi bo‘yicha sud qilingan va 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

To‘g‘ri.uz sayti xabariga ko‘ra, qamoqqa olinguniga qadar Toshkent davlat sharqshunoslik institutining katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan Kubatinga tergovda Turkiya fuqarosiga davlat siri bo‘lmish hujjatlarni bergan degan ayblov qo‘yilgan. Biroq oxirgi bir yarim yil davomida Kubatinning aybi sudda o‘z isbotini topmagani, u taqdim etgan kitoblar ochiq internetda mavjudligi, shunga qaramasdan, uni davlat sirlarini sotishda nohaq aybdor deb topishgani jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan.

Kubatin ishi 2019-yilning 26-sentabr kuni Toshkent viloyati jinoiy ishlar bo‘yicha sudi appelyatsion instansiyasida ko‘rib chiqilib,  u sud zalining o‘zidayoq ozod etilgan. 

O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha vakillari Kubatinning reabilitatsiyasi va qamoqdan ozod etilishini to‘liq olqishlashini bildirmoqda.