Sokolov: ayollar siyosatga sun’iy tarzda jalb etilishi kerak emas

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) professori, falsafa fanlari doktori Vladimir Sokolov ayollarni siyosatga jalb etishda qanday mexanizm samaraliroq bo‘lishi haqida fikr yuritdi.
Sputnik

Ekspert fikricha, mazkur muammo nafaqat O‘zbekiston yoki Rossiya, balki butun dunyoda nihoyatda dolzarbdir. Gender tenglik barcha sohalarda, shuningdek, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida teng mehnat sharoitlari yaratilishi orqali kuzatilishi lozim.

Norboyeva siyosat va ayollar, zo‘ravonlikka qarshi qonun hamda o‘zgarayotgan nikoh yoshi haqida

Bunday muammolar har yerda turlicha yechim topadi. Masalan, Yevropada hukumat, parlament va vazirliklarda davlat xizmatchilari umumiy sonining 30-40%ini ayollar tashkil etadi. Rossiyada ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 20-25%ga teng, deydi Vladimir Sokolov Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida.

Albatta, butun dunyoda, ayollarning ko‘p asrlik diskriminatsiyasi muayan yechimlarni talab qiladi, ayniqsa, ayollar tarixan erkaklar bilan teng huquqqa ega bo‘lmagan Sharq mamlakatlarida.

Ammo bunda rasmiyatchilikdan hamda masalaga mexanik tarzda yechim qidirishdan yiroq bo‘lish kerak. Bunday jarayon tabiiy muhitda vujudga kelishi kerak, yuqoridan buyruqbozlik ko‘rinishida emas.

"Ayol muayan funksiyalarni bajarishga tayyor bo‘lishi va buning uchun jiddiy katta maktabni bosib o‘tgan bo‘lishi kerak", - deb hisoblaydi ekspert.

Agar ayolning siyosatdagi ishtiroki sun’iy oshirilsa, u holda bu zararli tendensiyaga aylanadi va bunday tashabbuslardan foyda ko‘p bo‘lmaydi.

Ekspertning izohini to‘liq quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Sokolov: ayollar siyosatga sun’iy tarzda jalb etilishi kerak emas