Rossiya Grin-kard lotereyasini ta’qiqlab qo‘yishi mumkin

Rossiya, AQSh serverlariga ulanishni cheklash orqali, o‘z hududida Grin-kard lotoreyasini ta’qiqlab qo‘yishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Rossiya o‘z hududida AQShning grin-kard lotoreyasini ta’qiqlab qo‘yishi mumkin, bu haqida jurnalistlarga Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi vakili Aleksey Chepa xabar qildi.

Chepa aytishiga ko‘ra, AQSh tomonidan 10 nafar Rossiya vakillariga viza berilmagani uchun munosib javob bo‘lishi mumkin.

“Bu misli ko‘rilmagan holat. Bizning delegatlarimiz AQShga emas BMT shtab-kvartirasiga tshrif buyurishmoqchi edi. Bizning javob ham sezilarli bo‘ladi. Masalan, biz AQSh tomonidan o‘tkazilayotgan grin-kard lotoreyasini ta’qiqlab qo‘yishimiz mumkin”, - dedi deputat.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin AQShning Moskvadagi elchixonasi BMT Bosh Assambleyasi majlisiga borishni maqsad qilgan Rossiya delegatsiyasining bir qismiga, hech qanday sababsiz, viza berishni rad etgan edi.

AQSh Xitoy fuqarolariga viza berish tartibini mukammallashtirdi

Undan tashqari BMT majlisiga tashrif buyurgan delegatsiya vakillariga ham turli cheklovlar qo‘yilgan.

AQSh tomonidan xuddi shunday harakatlar Eron delegatsiyasiga nisbatan ham amalga oshirilgan. Xususan, AQSh hukumati Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga Nyu-York shahri bo‘ylab harakatlanishni ta’qiqlab qo‘ygan. Unga faqat AQSh kuzatuvchilar nazorati ostida BMT shtab-kvartirasini tark etishga ruxsat berilgan.