Tramp Yevropaga ultimatum qo‘ydi

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Yevropaga ultimatum qo‘ydi.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga Yevropa va boshqa mamlakatlar o‘z hissalarini qo‘shmagunga qadar Ukrainaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yishini ma’lum qildi.

Tramp Rossiya va Ukrainani qo‘lga olinganlar qaytarilganligi bilan qutladi

“Ular buni bajarishmayapti. Faqat AQSh. Biz katta miqdordagi pulni berapmiz, va men so‘rayman: nima uchun?”, - deya Tramp so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Avvalroq Washington Post gazetasi AQSh administratsiyasidagi yuqori lavozimli amaldorga tayangan holda Tramp Ukrainadagi yuqorida darajadagi korrupsiya sababli Kiyevga taxminan 400 million dollarlik harbiy yordam pulini ajratishni vaqtinchalik bloklab qo‘yishni topshirganini xabar qilgan edi.