TIV Primorye o‘lkasiga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi

Rossiyaning Primorye o‘lkasida 2020-yildan patent asosida ishlaydigan chet elliklarga jamoat transportlarini haydash taqiqlanadi
Sputnik

TOShKENT, 24 sen - Sputnik. O‘zbekiston TIV Rossiyaning Primorye o‘lkasi hududida bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020-yilda Primorye o‘lkasi hududida patent asosida ishlaydigan chet ellik ishchilardan transport sohasida foydalanishga taqiq qo‘yiladi.

Primorye o‘lkasida migrantlarga jamoat transportlarini boshqarish rasman taqiqlandi

Tegishli №71-PG-son qaror Gubernator Oleg Kojemako tomonidan 2019-yil 12-sentabr kuni imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, chet ellik fuqarolarning shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobuslar, tramvay, trolleybus va taksi haydovchisi sifatida ishlashlari taqiqlanadi. Sayyohlik va ekskursiya yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritadigan ijaraga olingan avtobus haydovchilari bundan mustasno.

“Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti Rossiya hududida bo‘lib turgan va Primorye o‘lkasiga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarimizga yuqorida ko‘rsatilgan taqiqlarni hisobga olishlarini so‘raydi”,  - deyiladi xabarda.

Haydovchi-migrantlar Rossiya qonunchiligida talabchanlik kuchayishiga tayyor bo‘lishlari kerak

Avvalroq Primorye o‘lkasida migrantlarga jamoat transportlarini boshqarish rasman taqiqlanishi haqida xabar bergan edik.